O'qitiladigan fanlar
Bakalavriyat bosqichida
№ |
Fanning nomi |
Fan xaqida qisqacha ma’lumot |
1. |
Algoritmlar va programmalash |
Fanning maqsadi –talabalarga mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar uchun ishlab chiqilgan programma vositalarini o‘qiy olish, ushbu programma vositalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, rostlash, ishlab chiqish, kompilyatsiya qilish va ularni xotiraga yuklash jarayonlarini o‘rgatishdan iborat. Fanning vazifasi – mamlakatimizda va xalqaro miqyosda mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar programma vositalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, zamonaviy mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar, raqamli texnikalar va ilg‘or informatsion texnologiyalarni suv xo‘jaligi va irrigatsiya sohasiga tadbiq etishdir. |
2. |
Elektrotexnikaning nazariy asoslari |
Fanning maqsadi- elektrotexnik uskuna va jihozlarning elektr va magnit zanjirlarini malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rganishdan iboratdir. Fanning vazifasi - elektrotexnikaning nazariy asoslari qonunlari, o‘zgarmas tok, o‘zgaruvchan tok, chiziqli va nochiziq zanjirlar hamda elektromagnit maydonni hisoblash, elektr zanjirlarini tahlil va sintez qilishni o‘rganish, ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha amaliyotda keng ishlatiladigan elektrotexnik, elektron qurilmalarning va turli elektr o‘zgartgichlarning ekvivalent elektr zanjirlarini hisoblashni o‘rganishdir. |
3. |
Elektrotexnika va elektronika asoslari |
Fanning maqsadi- Elektrotexnika, Elektronika va Avtomatika sohasida fan va texnika yutuqlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga tadbiq qila oluvchi injener-bakalavr sifatida shakllanishiga ko‘maklashishdir. Fanning vazifasi - elektrotexnika, elektronikaning asosiy qonunlari, elektr va elektron zanjirlarni tahlil qilish va hisoblash usullarini, fermer xo‘jaliklari tashkil etish va uning texnik servisi sohasida ishlatiladigan elektrotexnik qurilmalarning konstruksiyasi va ish rejimlarini, elektrotexnik apparat va mashinalarni tanlab olish, manbaga ulash, ularni boshqarish va xavfsiz samarali ishini ta’minlashda amaliy tajribaga ega bo‘lishdir va o‘rganishdir. |
4. |
Elektr mashinalari va elektr yuritma |
Fanning maqsadi- Elektr mashina va elektr yuritma fanidan nazariy va amaliy jihatdan puxta tayyorlab, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan elektr mashina va elektr yuritmalarning ishlash prinsipi va ularni to‘g‘ri tanlashni malakali hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish va o‘rgatishdan iboratdir. Fanning vazifasi – elektr mashina va elektr yuritmalarning tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni yig‘ish va ulashni, xarakteristikalarini, ishga tushirish va tormozlab to‘xtatish prinsiplarini, boshqarish sxemalarini tuzishni, ularning quvvatini to‘g‘ri tanlashni hisoblashni hamda ulardan samarali foydalanishni o‘rganishdir. |
5. |
Metrologiya va elektr o‘lchashlar |
Metrologiya va elektr o‘lchashlarga doir me’yoriy va huquqiy hujjatlar bilan tanishtirish, o‘lchashning nazariy asosi bo‘lgan metrologiya fanini o‘rganish, o‘lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o‘rganishdan iborat. Fanning vazifasi - mamlakatimizda va xalqaro miqyosda elektr o‘lchash va metrologiya sohalarining hozirgi zamon holati va istiqbolini o‘rganish, raqamli texnika va ilg‘or texnologiyalarni sohaga tatbiq etishdir. |
6. |
Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar |
Fanning maqsadi - talabalarda hozirgi zamon raqamli texnika asoslari, raqamli texnikada ikkilik, oʻnlik va oʻn oltilik sanoq sistemalar asosida tuzilgan mikroprotsessor va mikrokontroller tizimlarining nazariy asoslari, ishlash prinsiplari va ular asosida tuzilgan raqamli sistemalar, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. |
7. |
Mikroelektronika asoslari |
Fanning maqsadi - talabalarda zamonaviy mikroelektronika elementlari, ulardagi fizik jarayonlar, elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ular yordamida turli mikroelektronika qurilmalarini ishlab chiqish haqida, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. |
MAGISTRATURA BOSQICHIDA
№ |
Fanning nomi |
Fan xaqida qisqacha ma’lumot |
1. |
Obyektga yoʻnaltirilgan programmalash tillari |
Fanning maqsadi – magistrlarga intellektual oʻlchash tizimlari va asboblaridan turli texnologik jarayonlarda foydalanishning samarali programma vositalarini ishlab chiqish, oʻlchash tizimlarida zamonaviy mikrokontrollerlar va mikroprotsessorlar kabi texnik vositalarning programmalarini yaratish, ularni malakali loyihalash kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. |
2. |
Noelektrik kattaliklarni elektr oʻlchashlar.Intellektual datchiklar. |
Fanning maqsadi – magistrlarga noelektrik kattaliklarni elektr usulida oʻlchash usullari, ularning texnik vositalari, texnik tavsiflari, zamonaviy intellektual datchiklar va ularning tuzilish prinsipi haqida bilim berishdan iborat. |
3. |
Mikroelektronika zanjirlari |
Fanning maqsadi - magistrlarda zamonaviy mikroelektronika elementlari, ulardagi fizik jarayonlar, elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalari, ular yordamida turli mikroelektronika qurilmalarini ishlab chiqish haqida, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. |
4. |
Raqamli texnika asoslari va raqamli sistemalar |
Fanning maqsadi - magistrlarda hozirgi zamon raqamli texnika asoslari, raqamli texnikada ikkilik, oʻnlik va oʻn oltilik sanoq sistemalar asosida tuzilgan mikroprotsessor va mikrokontroller tizimlarining nazariy asoslari, ishlash prinsiplari va ular asosida tuzilgan raqamli sistemalar, ularni malakali loyihalash va ishlatish kabi koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. |
5. |
Injenerlik eksperimentlari va eksperimental statistika |
Fanning maqsadi – magistrlarga injenerlik eksperimentlarini tashkil etish, eksperimentda ishlatiladigan oʻlchash asboblaridan toʻgʻri foydalanish, eksperimental olingan statistik natijalarni qayta ishlash va regression tahlil haqida bilim berishdan iborat. |
6. |
Asbobsozlikda elektrotexnik materiallar |
Fanning maqsadi – magistrlarda asbobsozlikda va oʻlchash tizimlarida elektrotexnik materiallarni qoʻllash, ularning tuzilishi, fizik xususiyatlari va ishlash prinsiplari boʻyicha nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar berishdan iborat. |
7. |
Elektr va elektron zanjirlarni modellashtirish (SIMULINK) |
Fanning maqsadi – magistrlarga modellashtirish boʻyicha nazariy bilimlar, amaliy koʻnikmalar, elektr va elektron zanjirlarda roʻy beradigan fizik hodisalarni zamonaviy programma vositalari, jumladan SIMULIK da modellashtirish boʻyicha koʻnikmalarni shakllantirish va oʻrgatishdan iborat. |
8. |
Elektr yuritmani adaptiv boshqarish |
Fanning maqsadi – magistrlarga turli elektr yuritmalarni adaptiv boshqarishning prinsiplari, usullari va elementlari, elektr yuritmaning ish jarayonida unga tashqi taʼsirlar va adaptiv qaror qabul qilish haqida nazariy va amaliy bilim berishdan iborat. |